Bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish har qachongidan ham muhimroq bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, Germaniya yoki boshqa davlatlarda o’qishni yoki ishlashni istaganlar uchun nemis tilini yaxshi bilish zarur. Bundan tashqari, ko’pchilik xorijiy tilni shunchaki bo’sh vaqtida, qiziqib yoki vaqtni maroqli o’tkazish uchun o’rganadi. Shuning uchun biz Lingodorf platformasini yaratdik.
Lingodorf nima?
Lingodorf – bu nemis va ingliz tillarini o’zbek tilida o’rganish uchun mo’ljallangan bepul va qulay onlayn platforma. Bizning asosiy maqsadimiz – o’zbek tilida so’zlashuvchilar uchun chet tillarini oson, tushunarli va qiziqarli tarzda o’rganishga yordam berish.
Nimalarni o’rganish mumkin?
Platformamizda siz quyidagi bo’limlardan foydalanishingiz mumkin:
- Grammatika: A1 dan B1 darajagacha nemis grammatikasi mavzulari, tushunarli izohlar bilan.
- So’z boyligi: Turli mavzularda (ovqatlanish, tabiat, sayohat va boshqalar) asosiy so’zlar va iboralar.
- Mashqlar: Grammatik va so’z boyligini mustahkamlovchi interaktiv mashqlar.
- Talaffuz va audio materiallar: Har bir so’z va gap uchun tovushli namuna.
Nega Lingodorfni yaratdik?
Ko’pchilik yurtdoshlarimiz chet elga chiqish oldidan til o’rganishda qiyinchilikka duch kelishadi. Kurslar qimmat, vaqt cheklangan yoki resurslar o’zbek tilida mavjud emas. Ba’zilar uchun esa o’ziga yaqin joylarda til kurslari mavjud emas, mavjud bo’lganlaridan esa ko’ngillari to’lmagan. Biz bu muammolarga yechim topishni xohladik. Shu sababli, Lingodorf – oddiy, bepul va har kimga ochiq bo’lgan platforma sifatida dunyoga keldi.
Bizning maqsadimiz
Bizning missiyamiz – o’zbek xalqiga sifatli, bepul va ona tilida tushunarli bo’lgan til o’rganish imkoniyatini taqdim etish. Har bir o’zbek foydalanuvchi o’zining bilim darajasiga qarab mustaqil tarzda til o’rganishi, uni amaliyotda qo’llashi va yangi imkoniyatlarga yo’l ochishini istaymiz.
Kelajakdagi rejalarimiz
Biz platformani doimiy rivojlantirib boramiz. Yaqin kelajakda yangi mashqlar va yangi funksiyalarni qo’shib boramiz. Shuningdek, mobil ilova ustida ham ishlayapmiz.
Sizni Lingodorfga taklif qilamiz
Agar siz nemis yoki ingliz tilini o’rganishni istasangiz, Lingodorf.uz sayti aynan siz uchun. Ro’yxatdan o’ting, darslarni boshlang, va yangi imkoniyatlar sari birinchi qadamni tashlang!
lingodorf.uz – Sizning til o’rganishdagi ishonchli do’stingiz!