Lingodorf — bu tillarni o’rganish va turli madaniyatlar bilan tanishish uchun yaratilgan platformadir. Biz sizga nafaqat yangi tilni o’rganishda yordam beramiz, balki butun o’quv jarayonida sizni qo’llab-quvvatlaymiz.
Bizning hikoyamiz
Lingodorf 2024-yilda g’oyasi paydo bo’lib, 2025-yilda amaliy tashkil etildi. Dastlab bu kichik bir hobby edi, keyinchalik esa tillarga qiziqqan odamlar jamlanmasiga aylandi. Bugungi kunda bu loyiha o’zbek tilida so’zlashuvchilarga mo’ljallangan zamonaviy va qulay o’quv platformaga aylandi.
Nomimiz — „Lingodorf“ — „tillar qishlog’i“ degani. Bu yerda har kim o’z tilini o’rganadi, boshqalar bilan fikr almashadi va bir-biridan o’rganadi. Hammaga eshiklar ochiq!
Bizning maqsadimiz (Mission)
Biz ishonamizki, til o’rganish — bu imkoniyatlar kaliti. Bu orqali siz yangi do’stlar orttirishingiz, boshqa madaniyatlar bilan tanishishingiz va hatto yangi ish imkoniyatlariga ega bo’lishingiz mumkin.
Bizning asosiy maqsadimiz — til o’rganishni soddaroq, qulayroq va hammabop qilish. Shuning uchun biz:
- Kundalik hayotda ishlatish mumkin bo’lgan oddiy so’zlar va iboralarni paltformada jamladik
- Faqat grammatikani emas, balki madaniyat va urf-odatlarni ham o’rganish davomida tushunasiz
- O’quvchilarni ilhomlantiramiz va tilni hushkayfiyat bilan o’rganishga motivatsiya beramiz
- Jamiyat yaratamiz — bu yerda hamma o’z tajribasi bilan bo’lishishi mumkin
Bizning orzuimiz (Vision)
Bizning katta orzuimiz — Lingodorfni o’zbek tilida so’zlashuvchilar uchun eng foydali va mashhur til o’rganish platformasiga aylantirishdir.
Bugungi kunda ko’plab til kurslari qimmat yoki hamma uchun ochiq emas. Ba’zida yashash joyi yoki boshqa sabablarga ko’ra o’quvchilarda imkoniyat bo’lmaydi. Ammo Lingodorf bilan siz istalgan joyda va istalgan vaqtda o’rganishingiz mumkin.
Biz har bir inson — yosh bo’ladimi, talaba yoki ishchi — imkoniyatga ega bo’lishi kerak, deb hisoblaymiz. Shuning uchun biz qulay, bepul va sifatli ta’lim taklif qilamiz.
Kelajakda biz ko’proq tillarni qo’shish, bepul resurslarni kengaytirish va o’z hamjamiyatimiz bilan birgalikda platformani doimiy ravishda yaxshilashni maqsad qilganmiz.
Lingodorf — bu sizning til o’rganishdagi ishonchli do’stingiz!