Til o’rganish ko’pchilik uchun uzoq va mashaqqatli jarayon bo’lib tuyuladi. Ammo biz Lingodorf platformasida bu jarayonni qiziqarli va rag’batlantiruvchi qilishga harakat qildik. Shuning uchun biz til o’rganishga XP tizimini (ya’ni tajriba ballari) qo’shdik.
XP nima?
XP bu — har bir bajargan mashq, yod olgan so’z yoki muvaffaqiyatli tugatgan dars uchun sizga beriladigan tajriba ballaridir. XP orqali siz o’z taraqqiyotingizni kuzatishingiz, yangi darajalarga erishishingiz va doimiy o’sishni ko’rib borishingiz mumkin. Siz agar bir kunda 100 XP yig’sangiz, demak siz kunlik o’quv meyorini bajargan bo’lasiz, va sizga sovg’a sifatida 10 Gems beriladi!
XP qanday ishlaydi?
- Har bir grammatik yoki so’z boyligi mashqi uchun XP ballari beriladi.
- XP’lar orqali siz o’z darajangizni oshirib borasiz va yangi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.
- Har safar XP larni yig’ib siz yangi „Titul“ darajalarni zabt etasiz
- Lingodorfda hozircha yettita daraja mavjud, bular Bauer, Ritter, Baron va boshqalar
Nega XP motivatsiya beradi?
XP tizimi orqali siz har kuni qilgan kichik harakatingizni natijada ko’rasiz. Bu esa sizga ko’proq dars qilishga ishtiyoq beradi. Shuningdek, XP yig’ish:
- O’rganish jarayonini o’yin kabi qiziqarli qiladi,
- Sizni uzluksiz dars qilishga undaydi,
Yakuniy fikr:
XP – bu shunchaki ball emas. Bu sizning mehnatingiz va oldinga siljishingizning belgisi. Har kuni bir necha daqiqa dars qilgan holda siz XP yig’asiz va bu orqali Lingodorfdagi til sarguzashtingizni davom ettirasiz.
Til o’rganish hech qachon bu darajada qiziqarli bo’lmagan!